«Mulkchilik to'g'risida»gi qonun

35-modda. Mulkdorlarning huquqini buzuvchi hujjatlarning haqiqiy emasligi

(35-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 1993 йил 7 майдаги 851—XII-сон Қонуни таҳририда — Олий Кенгаш Ахборотномаси, 1993 й., 5-сон, 235-модда)

Davlat boshqaruvi idorasi yoki davlat hokimiyati mahalliy idorasi tomonidan qonunga xilof bo'lgan hujjatning qabul qilinishi natijasida mulkdorning va boshqa shaxslarning o'zlariga qarashli mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish yoki uni tasarruf etish borasidagi huquqlari buzilgan taqdirda bunday hujjat mulkdorning yoki huquqi buzilgan shaxsning da'vosiga binoan sud tomonidan haqiqiy emas, deb topiladi. Mazkur hujjatlarni chiqarish oqibatida fuqarolarga, tashkilotlar va boshqa shaxslarga yetkazilgan zararlar tegishli hokimiyat yoki boshqaruv organi ixtiyoridagi mablag' hisobidan to'la-to'kis qoplanishi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.