1. Mulkdorga qarashli uy, boshqa binolar, inshootlar, dov-daraxtlar joylashgan yer uchastkasini olib qo'yish haqida qaror qabul qilinishi munosabati bilan yoki davlat idorasining mulkdor mol-mulkini bevosita olib qo'yishga qaratilmagan boshqa qarori munosabati bilan mulkdorning huquqini to'xtatib qo'yishga faqat O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibdagina yo'l qo'yiladi. Bunda mulk huquqi to'xtatilishi oqibatida yetkazilgan zarar mulkdorga batamom to'lanadi.
Mulkdor norozi bo'lgan taqdirda nizo sud tomonidan hal etilmagunicha, mulk huquqining to'xtatilishiga olib boradigan qaror amalga oshirilishi mumkin emas. Mulkdorga yetkazilgan zararni qoplash bilan bog'liq barcha masalalar ham nizoni ko'rib chiqish jarayonida hal etiladi.
2. Mulkdor mol-mulkining davlat tomonidan olib qo'yilishiga mulkdorning majburiyatlari bo'yicha haq undirish shu mulkka qaratilgan taqdirdagina O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ko'zda tutilgan hollarda va tartibda, shuningdek rekvizitsiya va musodara tartibida yo'l qo'yiladi.
Tabiiy ofatlar, falokatlar, yuqumli kasalliklarning tarqalishi, hayvonlarda kasallikning keng yoyilishi va favqulodda ro'y beradigan boshqa holatlarda mol-mulk davlat hokimiyati idoralarining qaroriga binoan jamiyat manfaatlarini ko'zlagan holda mulkdordan O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlar bilan majburiy tarzda olib qo'yilishi (rekvizitsiya qilinishi) mumkin va unga mulkning qiymati to'lanadi.
O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ko'zda tutilgan hollarda sudning qaroriga binoan mol-mulk musodara qilinishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Mulkchilik to'g'risida»gi qonun
34-modda. Mulkdorning huquqi qonuniy ravishda to'xtatilgan taqdirda uning manfaatlarini himoya qilish
(34-модда 1-бандининг биринчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.