Yuqori turuvchi ma'muriy organ yoki boshqa vakolatli organ ma'muriy shikoyat bo'yicha quyidagi qarorlardan birini qabul qilishga haqli:
shikoyat qilingan ma'muriy yoki protsessual hujjatni o'zgarishsiz qoldirish;
shikoyat qilingan ma'muriy yoki protsessual hujjatga o'zgartirishlar kiritish;
ma'muriy yoki protsessual hujjatni bekor qilish va zarurat bo'lganda yangi hujjat qabul qilish.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qarorlarni qabul qilish mumkin bo'lmaganda yoki maqsadga muvofiq bo'lmaganda, ma'muriy harakatlar ustidan shikoyat qilinganda, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, yuqori turuvchi ma'muriy organ yoki boshqa vakolatli organ muayyan ma'muriy hujjatni, protsessual hujjatni qabul qilish yoki muayyan ma'muriy harakatni amalga oshirish majburiyatini ma'muriy organning zimmasiga yuklatishi mumkin.
Manfaatdor shaxs ma'muriy shikoyat bo'yicha qabul qilingan qarorga rozi bo'lmagan taqdirda, agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, uning ustidan o'ttiz kalendar kun ichida sud tartibida shikoyat qilishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn«Ma'muriy tartib-taomillar to'g'risida»gi qonun
69-modda. Ma'muriy shikoyat bo'yicha qaror
(69-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.