Кодекс об административном судопроизводстве

42-modda. Ishga daxldor bo'lmagan javobgarni almashtirish

Sud ariza (shikoyat) bo'yicha javob berishi lozim bo'lmagan shaxsga nisbatan talab taqdim etilganini aniqlasa, hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar daxldor bo'lmagan javobgarni arizachi roziligi bilan daxldor bo'lgan javobgar bilan almashtirilishiga yo'l qo'yishi mumkin. Agar arizachi javobgarni boshqa shaxs bilan almashtirishga rozi bo'lmasa, sud arizachining roziligi bilan bu shaxsni ikkinchi javobgar sifatida ishga jalb etishi mumkin. Ishga daxldor bo'lmagan javobgar almashtirilganligi to'g'risida ajrim chiqariladi. Ishga daxldor bo'lmagan javobgar almashtirilganidan so'ng ishni ko'rish boshidan boshlanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.