Talab bir nechta arizachi tomonidan birgalikda yoki bir nechta javobgarga nisbatan taqdim etilishi mumkin.
Arizachilar va javobgarlarning har biri boshqa tarafga nisbatan sud protsessida mustaqil qatnashadi.
Protsessda birgalikda ishtirok etuvchilar ishni olib borishni sherik ishtirokchilardan biriga topshirishi mumkin.
Boshqa javobgarning ishtirokisiz ishni ko'rish mumkin bo'lmagan taqdirda, birinchi instantsiya sudi hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar arizachining roziligi bilan o'sha javobgarni ishda ishtirok etish uchun jalb etadi.
Agar qonunchilikda ishda boshqa javobgar ishtirokining majburiyligi nazarda tutilgan bo'lsa, sud o'z tashabbusi bilan shu javobgarni ishda ishtirok etish uchun jalb etadi.
Sud arizachining iltimosnomasi bo'yicha ham boshqa javobgarni ishda ishtirok etish uchun jalb etishga haqli. Boshqa javobgarni ishda ishtirok etishga jalb etish haqida yoki jalb etishni rad qilish to'g'risida ajrim chiqariladi.
Boshqa javobgar ishda ishtirok etish uchun jalb etilganda ishni ko'rish boshidan boshlanadi.
lex.uz’dagi asl matnКодекс об административном судопроизводстве
41-modda. Ishda bir nechta arizachi va javobgarning ishtirok etishi
(41-модданинг бешинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.