Kassatsiya instantsiyasi sudi ishni sud majlisida ushbu bobda belgilangan o'ziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda, birinchi instantsiya sudida ko'rish qoidalari bo'yicha ko'radi.
Kassatsiya instantsiyasi sudida: ishlarni bitta ish yuritishga birlashtirish to'g'risidagi; talabning predmetini yoki asosini o'zgartirish haqidagi; ishga uchinchi shaxslarni jalb etish to'g'risidagi qoidalar, shuningdek ushbu Kodeksda birinchi instantsiya sudida ishni ko'rish uchun belgilangan boshqa qoidalar qo'llanilmaydi, bundan ishni birinchi instantsiya sudida ish yuritish qoidalari bo'yicha ko'rish holi mustasno.
Sud muhokamasini o'tkazish vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan, kassatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxsning va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning kassatsiya instantsiyasi sudining sud majlisiga kelmaganligi ishni ular yo'qligida ko'rishga to'sqinlik qilmaydi.
lex.uz’dagi asl matnКодекс об административном судопроизводстве
239-modda. Kassatsiya instantsiyasi sudi tomonidan ishni ko'rish tartibi
(239-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-889-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.12.2023 й., 03/23/889/0978-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.