Apellyatsiya shikoyati (protesti) sudga yozma shaklda beriladi va shikoyatni (protestni) bergan shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi.
Apellyatsiya shikoyatida (protestida) quyidagilar ko'rsatilishi kerak:
1) apellyatsiya shikoyati (protesti) yo'llanayotgan sudning nomi;
2) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);
3) ustidan shikoyat (protest) berilayotgan hal qiluv qarorini qabul qilgan sudning nomi, ishning raqami va hal qiluv qarori qabul qilingan sana, talabning predmeti;
4) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning talablari hamda shikoyat (protest) bergan shaxsning qonunlar va boshqa qonunchilik hujjatlariga, ish holatlariga va dalillarga havola qilgan holda hal qiluv qarorini noto'g'ri deb hisoblash uchun keltirgan asoslari;
5) shikoyatga (protestga) ilova qilinayotgan hujjatlarning ro'yxati.
Apellyatsiya shikoyatida shikoyat berayotgan shaxsning yoki uning vakilining telefon, faks raqamlari, elektron manzili ko'rsatilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnКодекс об административном судопроизводстве
204-modda. Apellyatsiya shikoyatining (protestining) shakli va mazmuni
(204-модда иккинчи қисмининг 4-банди Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.