Agar qonunda boshqa muddat belgilanmagan bo'lsa, apellyatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori qabul qilingan kundan e'tiboran bir oy ichida berilishi mumkin.
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) berishning o'tkazib yuborilgan muddati shikoyat (protest) berayotgan shaxsning iltimosnomasi bo'yicha apellyatsiya instantsiyasi sudining sudyasi tomonidan, agar iltimosnoma hal qiluv qarori qabul qilingan kundan e'tiboran uch oydan kechiktirmay berilgan va apellyatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati o'tkazib yuborilishining sabablari uzrli deb topilgan bo'lsa, tiklanishi mumkin.
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) berishning o'tkazib yuborilgan muddatini tiklash haqida apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to'g'risidagi ajrimda ko'rsatiladi.
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) berish muddatini tiklashni rad etish haqida apellyatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish to'g'risidagi ajrimda ko'rsatiladi.
lex.uz’dagi asl matnКодекс об административном судопроизводстве
203-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati
(203-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-889-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.12.2023 й., 03/23/889/0978-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.