Ma'muriy organlarning va fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlarining qarorlarini haqiqiy emas, ular mansabdor shaxslarining, harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish to'g'risidagi ariza (shikoyat) ushbu Kodeksning 128-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo'lishi kerak.
Arizada (shikoyatda) quyidagilar ham ko'rsatilishi kerak:
1) ustidan shikoyat qilinayotgan qarorni qabul qilgan yoki shikoyat qilinayotgan harakatni (harakatsizlikni) sodir etgan ma'muriy organning, fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organining nomi, mansabdor shaxsning familiyasi, ism-sharifining bosh harflari;
2) ustidan shikoyat qilinayotgan qarorning nomi, raqami, u qabul qilingan sana, ustidan shikoyat qilinayotgan harakatlar (harakatsizlik) sodir etilgan sana va joy;
3) arizachining fikriga ko'ra, ustidan shikoyat qilinayotgan qaror, harakatlar (harakatsizlik) tufayli uning buzilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari to'g'risidagi ma'lumotlar;
4) arizachining fikriga ko'ra, ustidan shikoyat qilinayotgan qarorning, harakatlarning (harakatsizlikning) qaysi qonunchilikka zid ekanligi;
5) arizachining qarorni haqiqiy emas, harakatlarni (harakatsizlikni) qonunga xilof deb topish to'g'risidagi talabi.
Arizaga (shikoyatga) ushbu Kodeksning 130-moddasida ko'rsatilgan hujjatlar, shuningdek ustidan shikoyat qilinayotgan qarorning matni ilova qilinadi.
lex.uz’dagi asl matnКодекс об административном судопроизводстве
187-modda. Ma'muriy organning, fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organining, ular mansabdor shaxslarining qarorini haqiqiy emas, harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish to'g'risidagi arizaning (shikoyatning) shakli va mazmuni
(187-модда иккинчи қисмининг 4-банди Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.