Agar ushbu Kodeksda yoki o'zga qonunlarda boshqa muddatlar belgilanmagan bo'lsa, ma'muriy organning, fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organining, ular mansabdor shaxslarining qarori, harakati (harakatsizligi) ustidan ariza (shikoyat) manfaatdor shaxsga o'zining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to'g'risida ma'lum bo'lgan paytdan e'tiboran olti oy ichida sudga berilishi mumkin.
Davlat ijrochisining qarorini haqiqiy emas, harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish to'g'risidagi ariza (shikoyat) manfaatdor shaxsga o'zining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to'g'risida ma'lum bo'lgan paytdan e'tiboran o'n kun ichida sudga berilishi mumkin.
Ariza (shikoyat) berishning uzrli sababga ko'ra o'tkazib yuborilgan muddati sud tomonidan tiklanishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnКодекс об административном судопроизводстве
186-modda. Ma'muriy organning, fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organining, ular mansabdor shaxslarining qarori, harakati (harakatsizligi) ustidan ariza (shikoyat) bilan sudga murojaat etish muddatlari
(186-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 15 мартдаги ЎРҚ-823-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 15.03.2023 й., 03/23/823/0150-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.