Ma'muriy javobgarlik kodeksi

332-modda. Jarima solish to'g'risidagi qarorni ijro etish muddatlari va tartibi

(332-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2020 йил 17 мартдаги ЎРҚ-612-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 18.03.2020 й., 03/20/612/0326-сон)

Jarima huquqbuzar tomonidan unga jarima solish to'g'risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab o'ttiz kundan kechiktirmay, bunday qaror xususida shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan taqdirda — shikoyat yoki protest qanoatlantirilmaganligi to'g'risida xabar berilgan kundan boshlab o'n besh kundan kechiktirmay to'lanishi lozim, ushbu moddaning ikkinchi qismi bundan mustasno. Yo'l harakati qoidalarini buzganlik uchun solingan jarimani huquqbuzar jarima solish to'g'risidagi qaror chiqarilgan kundan e'tiboran oltmish kundan kechiktirmay, bunday qaror xususida shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan hollarda esa, shikoyat yoki protest qanoatlantirilmay qoldirilganligi to'g'risida xabar berilgan kundan e'tiboran o'ttiz kundan kechiktirmay to'lashi kerak. O'n olti yoshdan o'n sakkiz yoshgacha bo'lgan shaxslarning mustaqil ish haqi bo'lmagan taqdirda, jarima ularning ota-onalari yoki ular o'rnini bosuvchi shaxslardan undirib olinadi. Ma'muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun solingan jarima huquqbuzar tomonidan tegishli bank muassasasiga to'lanadi, huquqbuzarlik sodir etilgan joyning o'zida undirib olinadigan jarima bundan mustasno.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.