Ma'muriy jazo qo'llanish to'g'risidagi qarorning ijrosi bilan bog'liq bo'lgan masalalarni shu qarorni chiqargan organ (mansabdor shaxs) hal etadi.
Ma'muriy jazo qo'llanish to'g'risidagi qarorning to'g'ri va o'z vaqtida ijro etilishini nazorat qilish shu qarorni chiqargan organ (mansabdor shaxs) zimmasiga yuklatiladi.
Organlarning (mansabdor shaxslarning) ma'muriy jazo qo'llanish to'g'risidagi qarorning ijrosiga oid harakati xususida berilgan shikoyatlar ushbu Kodeksning 315-moddasida aytib o'tilgan organlar tomonidan 319 va 320-moddalarida belgilangan talablarga rioya etilgan holda hal etiladi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
331-modda. Ma'muriy jazo qo'llanish to'g'risidagi qarorning ijrosi bilan bog'liq bo'lgan masalalarni hal etish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.