Кодекс об административной ответственности

324⁶-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ko'rib chiqish muddatlari

Birinchi instantsiya sudining ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish bo'yicha qarori ustidan berilgan apellyatsiya shikoyati (protesti) u ishning barcha materiallari bilan kelib tushgan kundan e'tiboran o'n besh sutka ichida apellyatsiya instantsiyasi sudi tomonidan ko'rilishi lozim. Ushbu Kodeksning 51², 51³, 51⁴, 51⁵, 51⁶, 51⁷, 51⁸, 51⁹-moddalarida nazarda tutilgan birinchi instantsiya sudining ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlar bo'yicha qarorlari ustidan berilgan apellyatsiya shikoyatlari (protestlari) ishning barcha materiallari bilan kelib tushgan kundan e'tiboran besh kunlik muddatda apellyatsiya instantsiyasi sudi tomonidan ko'rilishi lozim. Birinchi instantsiya sudining ma'muriy qamoqqa olish yoki ma'muriy tartibda chiqarib yuborish to'g'risidagi qarori ustidan berilgan apellyatsiya shikoyati (protesti) shikoyat (protest) berilgan paytdan e'tiboran bir sutka ichida apellyatsiya instantsiyasi sudi tomonidan ko'rilishi lozim.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Ma’muriy jarima qarori ustidan shikoyatQaror nusxasini olgan kundan 10 kun ichida beriladi. Shablon organ, qaror raqami, asoslar va dalillarni so‘raydi, moddalarni o‘zi qo‘shadi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.