Sudning ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish bo'yicha qarori ustidan apellyatsiya shikoyati bergan shaxs ushbu shikoyatni qaytarib olishga haqli. Apellyatsiya protestini qaytarib olish huquqi protestni kiritgan prokurorga, shuningdek yuqori turuvchi prokurorga tegishlidir.
O'ziga nisbatan sudning ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish bo'yicha qarori chiqarilgan shaxs o'z advokatining apellyatsiya shikoyatini qaytarib olishga haqli.
Ma'muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning advokati, qonuniy vakili o'z shikoyatini faqat ma'muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning roziligi bilan qaytarib olishga haqli.
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarib olishga apellyatsiya instantsiyasi sudi qaror qabul qilish uchun alohida xonaga kirguniga qadar yo'l qo'yiladi.
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarib olish to'g'risidagi hujjat ishda qoldiriladi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
324⁵-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarib olish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.