Ma'muriy javobgarlik kodeksi

305-modda. Ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni ko'rib chiqish muddatlari

(305-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 25 апрелдаги ЎРҚ-832-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.04.2023 й., 03/23/832/0228-сон)

Ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ish mazkur ishni ko'rib chiqishga vakolatli organ (mansabdor shaxs) tomonidan ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi bayonnoma va ishga oid boshqa materiallar olingan kundan boshlab o'n besh kunlik muddat ichida ko'rib chiqiladi. Ushbu Kodeksning 51², 51³, 51⁴, 51⁵, 51⁶, 51⁷, 51⁸, 51⁹, 170, 180, 181, 183, 187, 194, 194¹, 196¹-moddalarida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlar bir sutka mobaynida ko'rib chiqiladi, ushbu Kodeksning 47-moddasida, 164-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 197⁵, 197⁷, 201, 202, 203, 204, 205-moddalarida nazarda tutilgan ishlar — uch sutka ichida, ushbu Kodeksning 61-moddasida nazarda tutilgan ishlar esa — besh sutka ichida ko'rib chiqiladi. Ushbu Kodeksning 56, 57, 58-moddalarida, 61¹-moddasi birinchi qismida, 94, 165¹, 184², 184³, 189, 189¹, 201, 202¹-moddalarida, 224¹-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 225-moddasining birinchi — uchinchi qismlarida, 239, 240, 241-moddalarida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlar, ular chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar tomonidan sodir etilganda, bir sutka mobaynida ko'rib chiqiladi. Ushbu Kodeks 271-moddasining 11-bandida nazarda tutilgan holatlar mavjud bo'lgan taqdirda, ma'muriy huquqbuzarlik haqidagi ish ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi bayonnoma va ishning boshqa materiallari ishni ko'rib chiqishga vakolatli organ (mansabdor shaxs) tomonidan olingan kundan e'tiboran o'ttiz kunlik muddatda ko'rib chiqiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.