Ma'muriy javobgarlik kodeksi

304-modda. Ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni ko'rib chiqish joyi

(304-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 11 апрелдаги ЎРҚ-829-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.04.2023 й., 03/23/829/0208-сон)

Ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish shu huquqbuzarlik sodir etilgan joyda ko'rib chiqiladi. Ushbu Kodeksning 113-moddasining beshinchi qismida, 119, 125, 125¹, 126, 127, 128, 128¹, 128², 128³, 128⁴, 128⁵, 128⁶, 129, 130, 131, 132, 133, 134, 135, 135¹, 136, 139, 140-moddalarida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlar transport vositalari ro'yxatga olingan joyda ko'rib chiqilishi ham mumkin. Ushbu Kodeksning 187-moddasida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlar shunday huquqbuzarliklar sodir etilgan joyda yoki huquqbuzarning istiqomat joyida ko'rib chiqiladi. Bolalar masalalari bo'yicha komissiyalar ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni huquqbuzarning istiqomat joyida ko'rib chiqadilar. O'zbekiston Respublikasining qonunchiligida ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish boshqa joyda ko'rib chiqilishi ham nazarda tutilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.