Ma'muriy javobgarlik kodeksi

303-modda. Ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni ko'rib chiqishga tayyorlanish

Ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni ko'rib chiqishga tayyorlash vaqtida tegishli organ (mansabdor shaxs): 1) mazkur ishni ko'rib chiqish o'zining vakolat doirasiga kirish kirmasligi; 2) ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi bayonnoma va ishga oid boshqa materiallar to'g'ri tuzilgan-tuzilmaganligi; 3) ishni ko'rib chiqishda qatnashuvchi shaxslar uni ko'rib chiqish vaqti va joyi haqida xabardor qilingan-qilinmaganligi; 4) zarur qo'shimcha materiallar so'rab olingan-olinmaganligi; 5) ma'muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs, jabrlanuvchi, qonuniy vakillar, advokat qilgan iltimoslar to'g'risidagi masalalarni hal etadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.