Ma'muriy javobgarlikka qonunga xilof ravishda tortilganlik natijasida fuqaroga yetkazilgan zarar ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni ko'rib chiqqan organning (mansabdor shaxsning) aybidan qat'i nazar davlat tomonidan to'liq hajmda to'lanadi.
Zararni qoplash huquqi ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish tugatilgan taqdirdagina vujudga keladi.
Ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni yuritayotgan organ (mansabdor shaxs) fuqaroga buzilgan huquqlarini tiklash tartibini tushuntirib berishi va ma'muriy javobgarlikka qonunga xilof ravishda tortilganligi natijasida fuqaroga yetkazilgan zararni qoplash uchun qonunda nazarda tutilgan choralarni ko'rishi shart.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
302-modda. Ma'muriy javobgarlikka qonunga xilof ravishda tortilganligi sababli fuqaroga yetkazilgan zararni qoplash
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.