Agar fuqaro o'zi sodir etgan huquqbuzarlik faktiga e'tiroz bildirmasa hamda unga joyning o'zida solinadigan jarima miqdori bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan oshmasa, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risida bayonnoma tuzilmaydi. Yo'l harakati qoidalarini buzganlik uchun ma'muriy bayonnoma, jarima miqdoridan qat'i nazar, tuziladi, bundan ushbu moddaning to'rtinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Jarima to'laganligi to'g'risida aybdorga belgilangan shakldagi kvitantsiya beriladi.
Basharti fuqaro o'ziga solinadigan jarimaga e'tiroz bildirsa, u holda ushbu Kodeksning 279-moddasiga muvofiq bayonnoma tuziladi.
Transport vositasidan foydalangan holda yo'l harakati qoidalari buzilganligi maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan, shuningdek soliq yoki bojxona to'g'risidagi qonunchilik buzilganligi O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasining yoki Davlat bojxona qo'mitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimlari orqali qayd etilgan taqdirda ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risida bayonnoma tuzilmaydi.
Ushbu Kodeksning 193-moddasida nazarda tutilgan deputatlik va senatorlik faoliyatining kafolatlari buzilgan taqdirda, tegishincha O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari devonlari hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari kotibiyatlari ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risida bayonnoma tuzmasdan o'zining arizasida huquqbuzarning shaxsi, ma'muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joy, vaqt va bu huquqbuzarlikning mohiyati haqidagi ma'lumotlarni, shuningdek ishni hal etish uchun zarur bo'lgan boshqa ma'lumotlarni ko'rsatgan holda sudga murojaat qilish huquqiga ega.
Ushbu Kodeksning 197¹-moddasida nazarda tutilgan advokatning professional faoliyatiga to'sqinlik qilingan taqdirda, advokat ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risida bayonnoma tuzmasdan o'z arizasida huquqbuzarning shaxsi to'g'risidagi ma'lumotlarni, ma'muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyni, vaqtni va bu huquqbuzarlikning mohiyatini, shuningdek ishni hal etish uchun zarur bo'lgan boshqa ma'lumotlarni ko'rsatgan holda sudga murojaat qilish huquqiga ega.
Ushbu Kodeksning 197⁵-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etilgan taqdirda (ta'lim tashkiloti pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki o'z xizmat vazifalarini bajarishiga to'sqinlik qilish), ta'lim tashkilotining pedagog xodimi ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risida bayonnoma tuzmasdan o'z arizasida huquqbuzarning shaxsi, ma'muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joy, vaqt va uning mohiyati to'g'risidagi ma'lumotlarni, shuningdek ishni hal etish uchun zarur bo'lgan boshqa ma'lumotlarni ko'rsatgan holda sudga murojaat qilish huquqiga ega.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
283-modda. Ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risida bayonnoma tuzilmaydigan hollar
(283-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 28 октябрдаги ЎРҚ-985-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 28.10.2024 й., 03/24/985/0861-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.