Bayonnoma boshqa hujjatlar va ish bo'yicha dalillar bilan birga huquqbuzarlik sodir etilgan yoki aniqlangan paytdan boshlab uch sutkadan kechiktirmay ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqish vakolatiga ega bo'lgan organ (mansabdor shaxs)ga yuboriladi.
Ish bo'yicha ekspertiza tayinlangan, yetkazilgan zararni baholash choralari ko'rilgan, haydovchilik guvohnomasini olganlik to'g'risida so'rovlar jo'natilgan hollarda bayonnoma ushbu hujjatlar kelib tushgan paytdan e'tiboran uch kun ichida ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqish vakolatiga ega bo'lgan organga (mansabdor shaxsga) yuboriladi.
Ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi bayonnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
1) ma'muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatning ko'chirma nusxasi;
1¹) mavjud bo'lgan taqdirda — jabrlanuvchi jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami yoki yuridik shaxsning soliq to'lovchi identifikatsiya raqami;
2) ichki ishlar organlarining ma'muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning ilgari ma'muriy javobgarlikka tortilganligi fakti mavjudligi yoki mavjud emasligi to'g'risidagi ma'lumotnomasi;
3) ma'muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning tushuntirishi;
4) jabrlanuvchining, guvohlarning ko'rsatuvlari, ekspertning xulosasi, agar ular mavjud bo'lsa;
5) ma'muriy huquqbuzarlik sodir etilganligi faktini tasdiqlovchi boshqa materiallar;
6) ushbu Kodeks 269³-moddasining birinchi, uchinchi va to'rtinchi qismlarida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar bo'yicha jabrlanuvchining arizasi.
Ushbu Kodeksning 133 va 134-moddalarida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi bayonnomaga ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan hujjatlardan tashqari quyidagilar ilova qilinadi:
1) haydovchilik guvohnomasi, transport vositasi ro'yxatdan o'tkazilganligi to'g'risidagi guvohnomaning va ishonchnomaning ko'chirma nusxasi;
2) sug'urta polisining ko'chirma nusxasi (mavjud bo'lgan taqdirda);
3) alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik moddasi ta'siridan yoki o'zgacha tarzda mast holda boshqarilganligi belgilangan tartibda tekshiruvdan o'tkazilganligi to'g'risidagi tibbiy xulosa, alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik moddasi ta'siridan yoki o'zgacha tarzdagi mastlik holatini aniqlash uchun tekshiruvdan o'tishdan bo'yin tovlagan taqdirda ikki xolis ishtirokida tuzilgan dalolatnoma;
4) ko'zdan kechirish dalolatnomasi va hodisa joyining chizmasi, transport vositasining shikastlanishlari to'g'risidagi ma'lumotnoma va texnika vositalari shikastlanishlarining fotosuratlari;
5) avtomototransport vositasiga yetkazilgan zararni baholash dalolatnomasi;
6) sudga qadar avtotexnika ekspertizasi tayinlanganligi haqidagi qaror va ekspertlarning xulosasi;
7) surishtiruv yakunlariga ko'ra, manfaatdor shaxslarning ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish materiallari bilan tanishganligi to'g'risidagi bayonnoma.
Ushbu Kodeksning 52-moddasida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi bayonnomaga ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan hujjatlardan tashqari quyidagilar ilova qilinadi:
1) jabrlanuvchining arizasi;
2) sudga qadar tibbiy ekspertiza tayinlanganligi haqidagi qaror va ekspertlarning xulosasi;
3) jinoyat ishi qo'zg'atishni rad etish to'g'risidagi qaror.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
282-modda. Ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi bayonnomani jo'natish
(282-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 10 июлдаги ЎРҚ-1075-сонли Қонунига асосан 6-банд билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 11.07.2025 й., 03/25/1075/0597-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.