Ma'muriy javobgarlik kodeksi

267-modda. Davlat statistika organlari

(267¹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2005 йил 19 декабрдаги ЎРҚ-14-сонли Қонуни билан чиқарилган — Ўзбекистон Республикаси Қонун ҳужжатлари тўплами, 2005 й., 51-сон, 374-модда)

O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi organlariga ushbu Kodeksning 215-moddasida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlar taalluqlidir. O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining raisi va uning o'rinbosarlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar statistika boshqarmalari boshliqlari va ularning o'rinbosarlari, tumanlar, shaharlar statistika bo'limlarining boshliqlari ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan organlar nomidan ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqish va ma'muriy jazo chorasini qo'llashga haqlidir.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.