Ma'muriy javobgarlik kodeksi

266⁴-modda. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat qilish inspektsiyasi organlari

(266⁴-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 25 мартдаги ЎРҚ-1124-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.03.2026 й., 03/26/1124/0277-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 28 июнь)

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat qilish inspektsiyasi organlariga ushbu Kodeks 72-moddasining uchinchi va to'rtinchi qismlarida (ichimlik ehtiyojlari uchun suv quduqlarini qazishning belgilangan qoidalarini va texnologiyasini buzishga oid qismida), 74-moddasida (ichimlik suvi olishning belgilangan limitlarini buzishga doir qismida), 75-moddasida (ichimlik suvi inshootlari orqali chiqarilayotgan ichimlik suvi miqdorining dastlabki hisobini yuritish qoidalarini buzishga oid qismida), 76-moddasida (ichimlik suvi ta'minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish ob'yektlaridan foydalanish qoidalarini buzishga doir qismida), 99-moddasida (bundan yo'l qurilishi sohasidagi qonunchilikni buzish, shaharsozlik to'g'risidagi qonunchilikka muvofiq binolarni, inshootlarni yoki boshqa ob'yektlarni qurish, rekonstruktsiya qilish va kapital ta'mirlashga taqiqlar (cheklovlar) belgilangan zonalarda ushbu ishlarni bajarish yoki aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalarini, ularni rejalashtirish va qurish loyihalariga zid ravishda (bosh rejalarda nazarda tutilmagan) binolar va inshootlarni loyihalashtirish, rekonstruktsiya qilish va qurish, shaharsozlik hujjatlariga ularda nogironligi bo'lgan shaxslarga shart-sharoitlar yaratish bo'yicha loyihaning alohida bo'limi (qismi) mavjud bo'lmagan holda yoki shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq bo'lmagan ushbu alohida bo'lim (qism) bo'yicha ekspert tashkilotlar tomonidan ijobiy xulosa berish, shaharsozlik hujjatlarida nogironligi bo'lgan shaxslarga shart-sharoitlar yaratish bo'yicha loyihaning alohida bo'limiga (qismiga) amal qilinmagan holda qurilishi tugallangan binolar va inshootlardan foydalanish uchun O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat qilish inspektsiyasi organlari tomonidan ruxsatnoma berish mustasno), 101-moddasida (ko'p kvartirali uylarning issiqlik ta'minotiga oid qismida), 159-moddasining birinchi qismida (ko'p kvartirali uylardagi turar joylarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalarini, ko'p kvartirali uy-joy fondidan texnik foydalanish qoidalari va normalarini buzishga oid qismida), ikkinchi, uchinchi va to'rtinchi qismlarida (ko'p kvartirali uyga tutash tuproqli va (yoki) yashil qoplamali yer uchastkasida o'zboshimchalik bilan qurilma va konstruktsiyalarni o'rnatishga oid qismida), 163, 163¹ va 163²-moddalarida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlar taalluqlidir. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat qilish inspektsiyasi organlari nomidan ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqish va jarima solish tariqasida ma'muriy jazo choralarini qo'llashga quyidagilar haqli: O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat qilish inspektsiyasining boshlig'i va uning o'rinbosarlari. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat qilish inspektsiyasi hududiy inspektsiyalarining boshliqlari va ularning o'rinbosarlari. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat qilish inspektsiyasining va uning hududiy inspektsiyalarining mansabdor shaxslari ushbu Kodeksning 178-moddasida (iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risidagi qonunchilikni buzishga doir qismida) nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar aniqlanganda ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risida bayonnoma tuzadi va ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga ko'rib chiqish uchun yuboradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.