Ma'muriy javobgarlik kodeksi

254¹-modda. O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspektsiyasi organlari

(254¹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 5 февралдаги ЎРҚ-1118-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 09.02.2026 й., 03/26/1118/0120-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 10 май)

O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspektsiyasi organlariga ushbu Kodeksning 99-moddasida (yo'l-qurilish sohasidagi qonunchilikni buzishga oid qismida), 113¹-moddasida, 123-moddasida (suv transporti sohasidagi qonunchilikni buzishga oid qismida), 125-moddasining to'rtinchi va sakkizinchi qismlarida, 125¹-moddasining ikkinchi, uchinchi va to'rtinchi qismlarida, 125², 125⁴-moddalarida, 144-moddasining to'rtinchi va beshinchi qismlarida, 145-moddasining ikkinchi qismida, 146¹-moddasida, 147-moddasining birinchi qismida (avtomobil yo'llarini o'zboshimchalik bilan qazish, avtomobil yo'lida ishlarni amalga oshirish uchun berilgan ruxsatnoma talablarini bajarmaslik, yo'llarda qurilish-qazish ishlarini olib borgan shaxslar tomonidan belgilangan muddatlarda yo'l infratuzilmasini oldingi holatiga keltirmaslikka oid qismida), 176³, 176⁴-moddalarida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlar taalluqlidir. O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspektsiyasi organlari nomidan ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqishga va jarima tariqasidagi ma'muriy jazo choralarini qo'llashga quyidagilar haqli: O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspektsiyasining boshlig'i va uning o'rinbosarlari; O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspektsiyasining hududiy bo'linmalari boshliqlari, ularning o'rinbosarlari va inspektorlari. Ushbu Kodeksning 119, 132 va 133¹-moddalarida (kemalarga oid qismida), 198⁹-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi bayonnoma O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspektsiyasining mansabdor shaxslari tomonidan tuziladi. Ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi bayonnoma ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga ko'rib chiqish uchun yuboriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.