Shahar va shaharlararo yo'lovchilar tashiydigan avtomobil transporti va elektr transporti organlariga ushbu Kodeksning 56¹-moddasining birinchi qismida (shahar, shaharlararo avtomobil transportida va elektr transportida maxsus ajratilmagan joylarda tamaki mahsulotini iste'mol qilganlik uchun), 121, 123, 124-moddalarida, 142-moddasining uchinchi qismida, 143, 144, 145-moddalarida, 146-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (shahar, shaharlararo avtomobil transportida va elektr transportida sodir etilgan huquqbuzarliklar qismi) nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlar taalluqlidir.
Shahar va shaharlararo yo'lovchilar tashiydigan avtomobil transporti va elektr transporti nazoratchi-taftishchilari, chipta tekshiruvchilari va tegishli vakolati bo'lgan boshqa xodimlari ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan organlar nomidan ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqish va ma'muriy jazo qo'llanishga haqlidirlar.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
254-modda. Shahar va shaharlararo yo'lovchi tashiydigan avtomobil transporti va elektr transporti organlari
(254-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 10 июлдаги ЎРҚ-1075-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 11.07.2025 й., 03/25/1075/0597-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.