Кодекс об административной ответственности

241¹⁰-modda. Tadbirkorlik sub'yektlaridan qonunchilikni buzgan holda hujjatlar talab qilib olish

(241¹⁰-модда биринчи қисмининг диспозицияси Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 21 октябрдаги ЎРҚ-979-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 22.10.2024 й., 03/24/979/0836-сон)

Tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobot va statistika ma'lumotlarining yagona ro'yxatiga kiritilmagan statistika, moliya, soliq hisobotini va boshqa hisobotni, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilmagan o'zga hujjatlarni, shu jumladan bank hisobvarag'ini ochishda ortiqcha hujjatlarni tadbirkorlik sub'yektlaridan talab qilib olish, xuddi shuningdek mazkur yagona ro'yxatga kiritilgan hisobotni taqdim etishning belgilangan muddatlari va tartibiga zid ravishda talab qilib olish, — mansabdor shaxslar va xizmatchilarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa, — mansabdor shaxslar va xizmatchilarga bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravaridan oltmish baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Ma’muriy jarima qarori ustidan shikoyatQaror nusxasini olgan kundan 10 kun ichida beriladi. Shablon organ, qaror raqami, asoslar va dalillarni so‘raydi, moddalarni o‘zi qo‘shadi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.