Nazorat qiluvchi, huquqni muhofaza qiluvchi hamda boshqa davlat organining va davlat tashkilotining mansabdor shaxsi yoki xizmatchisi tomonidan xususiy mulkdorlarning huquqlarini buzish yo'li bilan ularga zarar yetkazish, ya'ni mulk huquqini qonunga xilof ravishda cheklash va (yoki) undan mahrum qilish, xususiy mulkka tajovuz qilish, nomaqbulligi oldindan ayon bo'lgan shartlarni mulkdorga majburan qabul qildirish, shu jumladan mol-mulkni yoki mulkiy huquqlarni topshirishni asossiz ravishda talab qilish, mulkdorning mulkini olib qo'yish yoxud uni o'z mol-mulkiga bo'lgan huquqidan voz kechishga majburlash, shuningdek tovarlar va moliyaviy mablag'larning erkin harakatlanishiga va (yoki) realizatsiya qilinishiga qonunga xilof ravishda aralashish yoxud to'sqinlik qilish (bundan ushbu Kodeks 178-moddasining to'qqizinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno), oz miqdordagi talon-toroj alomatlari mavjud bo'lmagan taqdirda, —
bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravaridan sakson baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matnКодекс об административной ответственности
241¹-modda. Xususiy mulk huquqini buzish
(241¹-модданинг диспозицияси Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 6 мартдаги ЎРҚ-1120-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.03.2026 й., 03/26/1120/0215-сон)
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Davlat xodimi yoki organi tomonidan shaxsning mulkiga nisbatan qonunga zid harakat qilish. Bu mulkni olib qo'yish, undan foydalanishni taqiqlash, asossiz ravishda topshirishni talab qilish yoki savdo-sotuvga to'sqinlik qilish bo'lishi mumkin.
**Kimga tegishli**
Nazorat organi, politsiya, soliq xizmati va boshqa davlat tashkilotlarining mansabdor shaxslari uchun.
**Amalda**
Soliq inspektori savdo do'konining egasini asossiz ravishda tovarlarini topshirishga majbur qilsa yoki bank xodimi shaxsning hisob-kitobini qonunsiz blokirovka qilsa, bu modda bo'yicha jarima solish mumkin.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.