Ma'muriy javobgarlik kodeksi

197⁶-modda. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari davlat inspektorining qonuniy faoliyatiga to'sqinlik qilganlik, shuningdek uning ko'rsatmalarini bajarmaslik

(197⁶-модданинг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 21 ноябрдаги ЎРҚ-1004-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 22.11.2024 й., 03/24/1004/0948-сон)

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari davlat inspektorining qonuniy faoliyatiga to'sqinlik qilganlik, shu jumladan uning tekshirish o'tkazishiga to'sqinliklarni yuzaga keltirganlik, xo'jalik yurituvchi sub'yektlarning hududlari va inshootlarini ko'zdan kechirish uchun ularga kiritishni rad etganlik, shuningdek ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish to'g'risidagi qonunchilikning buzilishlarini bartaraf etishga doir ko'rsatmalarini bajarmaslik, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o'n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravaridan o'ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o'n baravaridan o'n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o'ttiz baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o'n besh sutkagacha ma'muriy qamoqqa olishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.