Ta'lim tashkiloti pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga ta'lim oluvchilarning bilimini to'g'ri va xolis baholashiga ta'sir ko'rsatish bilan ifodalangan tarzda qonunga xilof ravishda aralashish yoki ta'lim tashkiloti pedagog xodimining xizmat vazifalarini bajarishiga to'sqinlik qilish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o'n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o'n baravaridan o'n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi;
Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o'n baravaridan o'n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o'n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o'n besh sutkagacha ma'muriy qamoqqa olishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
197⁵-modda. Ta'lim tashkiloti pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki o'z xizmat vazifalarini bajarishiga to'sqinlik qilish
(197⁵-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 27 мартдаги ЎРҚ-826-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 28.03.2023 й., 03/23/826/0172-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.