Buxgalteriya hisobi to'g'risidagi qonunchilikda belgilangan majburiyatlarni buxgalteriya hisobi sub'yektining va (yoki) buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari tomonidan bajarmaganlik, shu jumladan buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlar ma'lumotlarining to'g'riligi hamda ishonchliligini ta'minlamaganlik, shuningdek aktivlar va majburiyatlarning inventarizatsiyasini o'tkazmaganlik, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
175¹-modda. Buxgalteriya hisobi to'g'risidagi qonunchilikni buzish
(175¹-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 29 октябрдаги ЎРҚ-726-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.10.2021 й., 03/21/726/1001-сон — 2022 йил 1 январдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.