Трудовой кодекс

590-modda. Noqonuniy ish tashlash

Agar ushbu Kodeks va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan talablarni buzgan holda ish tashlash amalga oshirilgan (amalga oshirilayotgan, amalga oshiriladigan) yoki ish tashlashni e'lon qilish to'g'risida qaror qabul qilingan bo'lsa, bu noqonuniy ish tashlash deb topiladi. Ish tashlash sud tomonidan noqonuniy deb topilganda, mazkur masala bo'yicha sudning qarori to'g'risida xodimlar ish tashlashga rahbarlik qiluvchi orqali darhol xabardor qilinishi shart. Ish tashlashni noqonuniy deb topish to'g'risidagi sudning qarori darhol ijro etilishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.