Трудовой кодекс

581-modda. Ish tashlash huquqi

(581-модда Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 11 июндаги ЎРҚ-1150-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 11.06.2026 й., 03/06/1150/0587-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 12 сентябрь)

Agar ushbu Kodeksda belgilangan yarashtiruv-vositachilik tartib-taomillari orqali jamoaviy mehnat nizosini hal qilishning iloji bo'lmasa, shuningdek ish beruvchi yarashtiruv-vositachilik tartib-taomillaridan bosh tortgan yoki jamoaviy mehnat nizosini hal qilish paytida erishilgan kelishuvni bajarmagan bo'lsa, mehnat jamoasi jamoaviy mehnat nizosini hal qilishning usuli sifatida ish tashlash to'g'risida qaror qabul qilishi mumkin. Ish tashlashda qatnashish ixtiyoriydir. Hech kim ish tashlashda qatnashishga yoki unda qatnashmaslikka majbur qilinishi mumkin emas. Ish tashlash, qoida tariqasida, xodimlarning doimiy ish joyida amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.