Трудовой кодекс

494-modda. Mavsumiy xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishning o'ziga xos xususiyatlari

Mavsumiy xodim ish beruvchini uch kalendar kun oldin yozma shaklda ogohlantirib, mehnat shartnomasini o'z tashabbusiga ko'ra bekor qilishga haqli. Ish beruvchi mehnat shartnomasini muddatidan ilgari bekor qilish xususidagi o'z niyati to'g'risida mavsumiy xodimni: tashkilot (uning alohida bo'linmasi) tugatilishi munosabati bilan (ushbu Kodeks 161-moddasi ikkinchi qismining 1-bandi), shuningdek xodimlarning soni yoki shtati o'zgarishi munosabati bilan (ushbu Kodeks 161-moddasi ikkinchi qismining 2-bandi) mehnat shartnomasi bekor qilinganda kamida yetti kalendar kun oldin; mavsumiy xodim malakasi yetarli bo'lmaganligi sababli bajarayotgan ishiga nomuvofiqligi munosabati bilan (ushbu Kodeks 161-moddasi ikkinchi qismining 3-bandi) mehnat shartnomasi bekor qilinganda kamida uch kalendar kun oldin yozma shaklda, imzo qo'ydirib ogohlantirishi shart. Mavsumiy xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi xodimning aybli harakatlari (harakatsizligi) bilan bog'liq asoslarga ko'ra bekor qilingan taqdirda, mavsumiy xodim o'zi bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishidan kamida bir kun oldin yozma shaklda ogohlantiriladi. Mavsumiy xodimni ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismida nazarda tutilgan ogohlantirish o'rniga ish beruvchi unga mutanosib pulli kompensatsiya to'lashga haqli. Mavsumiy xodim bilan mehnat shartnomasi ushbu Kodeks 173-moddasining ikkinchi qismida sanab o'tilgan asoslarga ko'ra bekor qilingan taqdirda, unga o'rtacha oylik ish haqining ellik foizi miqdorida ishdan bo'shatish nafaqasi to'lanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

Nimani anglatadi Mavsumiy xodim - bu muayyan vaqt davomida (yoz, qish kabi) ishlash uchun yollangan shaxs. Uning shartnomasi bekor qilinishining o'z qoidalari bor. Ish beruvchi uni bekor qilmoqchi bo'lsa, avval xodimni ogohlantirishi kerak - bu vaqt 3 kundan 7 kungacha bo'ladi, sababi nima ekaniga qarab. Kimga tegishli Bu qoida ish beruvchi va mavsumiy xodimlar o'rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Amalda Agar mehnat shartnomasini tashkilot yopilishi sababli bekor qilmoqchi bo'lsa, ish beruvchi xodimga 7 kun oldin xabar berishi kerak. Agar xodim ishni yomon bajarayotgan bo'lsa, 3 kun oldin ogohlantirish yetarli. Ish beruvchi ogohlantirish o'rniga pul to'lashi ham mumkin.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Mehnat nizosi bo‘yicha sudga arizaIsh haqi, bo‘shatish yoki hisob-kitob bo‘yicha da’vo. Mehnat da’volarida davlat boji yo‘q.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.