Mavsumiy xodimlar ishning har bir oyi uchun kamida ikki kalendar kun hisobidan haq to'lanadigan mehnat ta'tili olish huquqiga ega.
Agar mavsumiy xodim to'liq mavsum ishlagan bo'lsa, unga keyinchalik mehnat shartnomasini bekor qilgan holda haq to'lanadigan mehnat ta'tili beriladi. Bu holda ta'tilning oxirgi kuni mehnat shartnomasi bekor qilingan kun deb hisoblanadi. Mehnat shartnomasi bekor qilinganda haq to'lanadigan mehnat ta'tili o'rniga mavsumiy xodimga uning xohishiga ko'ra pulli kompensatsiya to'lanadi.
Agar mavsumiy xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mavsum tugagunga qadar muddatidan oldin bekor qilinsa, mehnat shartnomasini bekor qilish chog'ida unga foydalanilmagan mehnat ta'tili uchun ishlab berilgan vaqtga mutanosib ravishda kompensatsiya to'lanadi.
lex.uz’dagi asl matnMehnat kodeksi
493-modda. Mavsumiy xodimlarning mehnat ta'tili
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.