Mehnat kodeksi

440-modda. O'rindoshlik asosida ishda kafolatli to'lovlarni va kompensatsiya to'lovlarini amalga oshirishning o'ziga xos xususiyatlari

Ishni ta'lim olish bilan birga olib boruvchi shaxslarga kafolatli to'lovlar va kompensatsiya to'lovlari faqat asosiy ish joyida beriladi. Mehnat shartnomasini alohida asoslarga ko'ra bekor qilish chog'ida xodimlarning ishga joylashish davri uchun o'rtacha ish haqi faqat asosiy ish joyidagi mehnat shartnomasi bekor qilinganda saqlanadi. O'rindoshlik asosida ishlovchi shaxslarga mehnat to'g'risidagi qonunchilikda hamda mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan o'zga kafolatli to'lovlar va kompensatsiya to'lovlari to'liq hajmda beriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.