Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan xizmat tekshiruvini o'tkazish to'g'risidagi qoidalar ichki mehnat tartibi qoidalarida, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo'mitasi bilan kelishilgan holda qabul qilinadigan xizmat tekshiruvini o'tkazish tartibi haqidagi ichki hujjatlarda tarmoqning xususiyati, ishlab chiqarishning o'ziga xos xususiyatlari, xodimlar bajarayotgan mehnat vazifalarining tavsifi inobatga olingan holda aniqlashtirilishi mumkin.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ichki hujjatlar xodimning holatini ushbu Kodeksga nisbatan yomonlashtirmasligi kerak.
Maxsus intizomiy javobgarlikka tortiladigan xodimlarga nisbatan xizmat tekshiruvi o'tkazishning o'ziga xos xususiyatlari qonunda, shuningdek intizom to'g'risidagi ustavlar va nizomlarda belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matnMehnat kodeksi
311-modda. Xizmat tekshiruvi o'tkazish to'g'risidagi qoidalarni aniqlashtirish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.