Mehnat kodeksi

249-modda. Mehnatga haq to'lash tizimi va uni belgilash tartibi

Mehnatga haq to'lash tizimi xodimlar ish haqi miqdorining mehnatning miqdori va sifatiga, ularning shaxsiy va jamoaviy natijalariga bog'liqligini belgilash usulidir. Xodimlar mehnatiga haq to'lash tizimi ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo'mitasi bilan kelishuvga ko'ra belgilanadi, bundan ushbu Kodeksda ayrim toifadagi xodimlarga nisbatan nazarda tutilgan hollar mustasno. Tashkilotda ayrim toifadagi xodimlarga yoki tarkibiy bo'linmalarga nisbatan mehnatga haq to'lashning bir nechta tizimi qo'llanilishi mumkin. Xodimlar mehnatiga vaqtbay, ishbay yoki mehnatga haq to'lash tizimida nazarda tutilgan boshqa mezonlarga ko'ra haq to'lanadi. Faoliyatning o'ziga xos xususiyatlariga va muayyan iqtisodiy sharoitlarga qarab mehnatga haq to'lanishini tashkil etish uchun xodimlar mehnatiga haq to'lashning tarifli va (yoki) tarifsiz tizimlari qo'llanilishi mumkin. Byudjet tashkilotlari xodimlarining mehnatiga haq to'lash tizimlari va turlari qonunchilikda belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.