Ish haqi asosiy (bazaviy) va qo'shimcha (o'zgaruvchan) qismlardan iborat bo'ladi.
Ish haqining asosiy (bazaviy) qismi ushbu ish beruvchida amalda bo'lgan mehnatga haq to'lash tizimi asosida belgilanadi va qonunchilikda belgilangan mehnatga haq to'lashning eng kam miqdoridan kam bo'lmasligi kerak. Ish haqining asosiy (bazaviy) qismi uning doimiy tarkibiy qismi bo'lib, xodimga belgilangan mehnat normalariga (tarif stavkalariga, maoshlarga) ko'ra haqiqatda ishlab berilgan vaqt yoki haqiqatda bajarilgan ish uchun hisoblanadi.
Ish haqining qo'shimcha (o'zgaruvchan) qismini qo'shimcha to'lovlar, ustamalar, shuningdek mukofotlar va kompensatsiya yoki rag'batlantirish xususiyatiga ega boshqa to'lovlar tashkil etadi.
lex.uz’dagi asl matnMehnat kodeksi
248-modda. Ish haqining tuzilishi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.