Ta'sis shartnomasi va jamiyat ustavi jamiyatning ta'sis hujjatlaridir.
Agar jamiyat bir shaxs tomonidan ta'sis etilsa, ushbu shaxs tasdiqlagan ustav jamiyatning ta'sis hujjati hisoblanadi. Jamiyat ishtirokchilarining soni ikki va undan ortiq kishiga ko'paysa, ular o'rtasida ta'sis shartnomasi tuzilishi kerak.
Jamiyat ishtirokchisining, auditorning yoki manfaatdor shaxsning talabiga binoan jamiyat ularga jamiyatning ta'sis hujjatlari bilan, shu jumladan unga kiritilgan o'zgartirishlar bilan tanishish imkoniyatini berishi shart. Jamiyat ishtirokchisining talabiga binoan jamiyat unga jamiyat ta'sis shartnomasining va ustavining ko'chirma nusxalarini berishi shart. Ko'chirma nusxalarni berganlik uchun jamiyat tomonidan olinadigan haq ularni tayyorlashga ketgan xarajatlardan ortiq bo'lishi mumkin emas.
Jamiyatning ta'sis hujjatlariga o'zgartirishlar jamiyat ishtirokchilari umumiy yig'ilishining qaroriga binoan kiritiladi. Ta'sis shartnomasi qoidalari va jamiyat ustavi qoidalari o'zaro muvofiq bo'lmagan taqdirda, jamiyat ustavi qoidalari uchinchi shaxslar va jamiyat ishtirokchilari uchun ustuvor kuchga ega bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn«Mas'uliyati cheklangan jamiyatlar to'g'risida»gi qonun
12-modda. Jamiyatning ta'sis hujjatlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.