«Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to'g'risida»gi qonun

4-modda. Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi asosiy printsiplar

Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi asosiy printsiplar quyidagilardan iborat: qonuniylik; litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi faoliyatni amalga oshirish chog'ida vakolatli organlar faoliyatining ochiqligi; inson huquqlari va erkinliklarining, jismoniy va yuridik shaxslar qonuniy manfaatlarining, fuqarolar hayoti va sog'lig'ini saqlashning, jamoat xavfsizligi va atrof-muhitni muhofaza qilishning ustuvorligi; litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarining shaffofligi; litsenziyalashning va ruxsat berish tartib-taomillarining «yagona darcha» printsipi bo'yicha amalga oshirilishi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.