«Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to'g'risida»gi qonun

39-modda. Xabarnomaning qabul qilinmasligi

Xabarnoma quyidagi hollarda vakolatli organ tomonidan qabul qilinmaydi: noto'g'ri yoki yolg'on axborot kiritilganligi maxsus elektron tizim vositasida aniqlanganda; xabarnoma yuborganlik uchun yig'im to'lanmaganda; faoliyatni (harakatlarni) xabardor qilish tartibida amalga oshirish uchun belgilangan talablar va shartlarga rioya etilganligi hamda ular bajarilganligi tasdiqlanmaganda; agar xabardor qiluvchi avval xabarnomalar reyestriga ayni o'sha faoliyat (harakatlar) bo'yicha kiritilgan bo'lsa va uning faoliyati (harakatlari) amal qilayotgan bo'lsa; vakolatli organ yoki sud tomonidan xabardor qiluvchining faoliyati (harakatlari) muayyan muddatga to'xtatib turilganda; xabardor qiluvchi tomonidan tegishli faoliyatni (harakatlarni) amalga oshirish sudning qaroriga asosan taqiqlanganda. Ushbu moddada ko'rsatilgan hollardan tashqari boshqa asoslar bo'yicha xabarnomani qabul qilmaslik taqiqlanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.