«Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida»gi qonun

-modda. Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar korruptsiyaga qarshi kurashish bo'yicha hududiy kengashlari

Qoraqalpog'iston Respublikasida, viloyatlarda va Toshkent shahrida korruptsiyaga qarshi kurashish bo'yicha hududiy kengashlar (bundan buyon matnda hududiy kengashlar deb yuritiladi) tashkil etiladi. Hududiy kengashlar davlat organlari va tashkilotlarining hududiy tuzilmalari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari deputatlaridan, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillaridan iborat tarkibda Milliy kengash qarori bilan tasdiqlanadi. Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Raisi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari raislari hududiy kengashlarning raislari hisoblanadi. Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari kotibiyatlari tegishli hududiy kengashlarning ishchi organidir. Hududiy kengashlarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarining va boshqa dasturlarning joylarda amalga oshirilishini tashkil etish; davlat organlari va tashkilotlari hududiy tuzilmalarining korruptsiyaga qarshi kurashish bo'yicha faoliyatini huquqiy-uslubiy jihatdan muvofiqlashtirish va ularning hamkorligini ta'minlash; davlat organlari va tashkilotlari hududiy tuzilmalari rahbarlarining korruptsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati hamda kelgusida rejalashtirilgan chora-tadbirlar yuzasidan axborotini eshitish; hududda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga doir chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini ta'minlash; korruptsiyaga oid huquqbuzarliklar holati, muayyan bir soha yoki hudud bo'yicha korruptsiyaga qarshi kurashishga doir chora-tadbirlar dasturini aholining korruptsiyani idrok etish darajasidan kelib chiqqan holda ishlab chiqish va amalga oshirish; hududdagi korruptsiyaga oid xavf-xatar yuqori bo'lgan ob'yektlarda korruptsiyaviy omillarni xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlaridan, korruptsiyaga qarshi kurashish bo'yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlarining, nazorat qiluvchi organlarning, fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining va boshqa tashkilotlarning vakillaridan iborat tarkibda ishchi guruhlar tuzgan holda o'rganish va bartaraf etish choralarini ko'rish; korruptsiyaning oldini olishga qaratilgan vazifalarning ijrosini ta'minlashda sustkashlik va mas'uliyatsizlikka yo'l qo'ygan mansabdor shaxslarga nisbatan tegishli choralar ko'rish bo'yicha takliflar kiritish; korruptsiyaga qarshi kurashish to'g'risidagi qonunchilikni takomillashtirish, ushbu sohadagi ishlarni yaxshilash yuzasidan takliflar tayyorlash va Milliy kengashga kiritish. Hududiy kengash faoliyatining asosiy tashkiliy shakli uning majlisidir. Hududiy kengash o'z vakolatlari jumlasiga kiradigan masalalarni, qoida tariqasida, har chorakda o'z majlisida ko'rib boradi. Hududiy kengash majlisi a'zolarning yarmidan ko'pi ishtirok etgan taqdirda, vakolatli deb hisoblanadi. Hududiy kengash majlislarida qabul qilinadigan qarorlarning bajarilishi hududdagi davlat organlari va tashkilotlari uchun majburiydir.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.