Korruptsiyaga qarshi kurashish bo'yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning faoliyatini huquqiy-uslubiy jihatdan muvofiqlashtirish uchun O'zbekiston Respublikasining korruptsiyaga qarshi kurashish bo'yicha milliy kengashi (bundan buyon matnda Milliy kengash deb yuritiladi) tashkil etiladi.
Milliy kengash tarkibi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi va Milliy kengash raisidan, raisi o'rinbosaridan hamda a'zolaridan tashkil topadi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining raisi Milliy kengash raisi, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o'rinbosari Milliy kengash raisining o'rinbosari hisoblanadi.
Milliy kengashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarining va boshqa dasturlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish;
korruptsiyaga qarshi kurashish bo'yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning faoliyatini huquqiy-uslubiy jihatdan muvofiqlashtirish va hamkorligini ta'minlash;
aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga doir chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish;
korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga, ularni aniqlashga, ularga chek qo'yishga, ularning oqibatlarini, shuningdek ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir chora-tadbirlar samaradorligi oshirilishini ta'minlash;
korruptsiyaning holati va tendentsiyalari to'g'risidagi axborotni yig'ish hamda tahlil etish;
korruptsiyaga qarshi kurashish bo'yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish, ushbu sohadagi mavjud tashkiliy-amaliy va huquqiy mexanizmlarning samaradorligini baholash;
korruptsiyaga qarshi kurashish to'g'risidagi qonunchilikni takomillashtirish va ushbu sohadagi ishlarni yaxshilash yuzasidan takliflar tayyorlash;
hududiy kengashlar faoliyatini muvofiqlashtirish.
O'zbekiston Respublikasi Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi Milliy kengashning ishchi organidir.
Kengash faoliyatining asosiy tashkiliy shakli Kengash majlisidir. Kengash o'z vakolatlari jumlasiga kiradigan masalalarni, qoida tariqasida, har chorakda o'z majlisida ko'rib boradi.
Kengash majlisi a'zolarining yarmidan ko'pi ishtirok etgan taqdirda, vakolatli hisoblanadi.
Kengash majlislarida qabul qilinadigan qarorlarning bajarilishi davlat organlari va tashkilotlari uchun majburiydir.
lex.uz’dagi asl matn«Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida»gi qonun
8-modda. O'zbekiston Respublikasining Korruptsiyaga qarshi kurashish bo'yicha milliy kengashi
(8-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 22 июндаги ЎРҚ-1155-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 23.06.2026 й., 03/26/1155/0616-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.