Jinoyat-protsessual kodeksi

91-modda. Dalillarni qayd etishda yordamchi usullar. Bayonnomaga ilovalar

(91-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2020 йил 14 майдаги ЎРҚ-617-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 15.05.2020 й., 03/20/617/0585-сон)

Dalillarni qayd etish uchun bayonnoma tuzish bilan bir qatorda ovoz yozish, videoyozuv, kinotasvir, fotosuratga tushirish, qoliplar tayyorlash, nusxalar olish, rejalar, sxemalar tayyorlash va axborotni aks ettirishning boshqa usullari qo'llanilishi mumkin. Surishtiruvchi, tergovchi, sud dalillarni mustahkamlashning bu usullarini qo'llanishga ko'maklashish uchun mutaxassislarni jalb etishi mumkin. Surishtiruvchi, tergovchi, sud tomonidan dalillarni qayd etishning qanday usullari qo'llangani, foydalanilgan apparatlar, asboblar, uskunalar, materiallarning texnikaviy tavsifi keltirilib, tegishlicha tergov harakati bayonnomasi yoki sud majlisi bayonnomasida aks ettiriladi. Tergov yoki sud harakatining borishi va natijalari aks ettirilgan fotosuratlar, fonogrammalar, videoyozuvlar, kinotasvirlar, qoliplar, nusxalar, rejalar, sxemalar va boshqalar bayonnomaga ilova qilinadi. Har qaysi ilovada tergov yoki sud harakatining nomi, o'tkazilgan joyi, sanasi ko'rsatilgan izohlovchi matn bo'lishi lozim. Bu izohlovchi matnni surishtiruv va dastlabki tergov bosqichida surishtiruvchi yoki tergovchi va xolislar, sudda esa, raislik qiluvchi va sud majlisi kotibi o'z imzolari bilan tasdiqlaydilar. Quyidagi protsessual harakatlar videoyozuv orqali qayd etilishi shart: 1) o'ta og'ir jinoyatlar bo'yicha hodisa sodir bo'lgan joyni ko'zdan kechirish; 2) tintuv; 3) ko'rsatuvlarni hodisa sodir bo'lgan joyda tekshirish; 4) tergov eksperimenti; 5) shaxsni ushlash; 6) himoyachidan voz kechish; 7) shaxsni ushlash jarayonida o'tkaziladigan shaxsiy tintuv va olib qo'yish. Ushbu modda to'rtinchi qismining 5, 6 va 7-bandlarida nazarda tutilgan protsessual harakatlarni videoyozuv orqali qayd etish ushbu Kodeksda belgilangan xususiyatlar inobatga olingan holda amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.