Jinoyat-protsessual kodeksi

90-modda. Dalillarni bayonnomada qayd etish

Ma'lumotlar va narsalardan, ular tergov harakati bayonnomasi yoki sud majlisi bayonnomasida qayd etilganidan keyingina dalil sifatida foydalanish mumkin. Bayonnomalar yuritish uchun mas'uliyat surishtiruv va dastlabki tergov bosqichida surishtiruvchi va tergovchi, sudda esa, raislik qiluvchi va sud majlisi kotibi zimmasiga yuklatiladi. Bayonnomalarga: tergov yoki sud harakatining ishtirokchilari to'g'risidagi ma'lumotlar, bu shaxslarga ularning huquq va majburiyatlari tushuntirilgani; tergov yoki sud harakatining o'tkazilish joyi va vaqti, shart-sharoitlari, jarayoni va natijalari, bunda topilgan moddiy ob'yektlar tavsifi va ularning ish uchun ahamiyatli bo'lgan belgilari; tergov harakatlari yoki sud muhokamasi ishtirokchilari tasdiqlashni so'ragan faktlar; ularning yuz berayotgan hodisa sabablari xususidagi ko'rsatuvlari, tushuntirishlari, mulohazalari; ular tomonidan berilgan iltimosnomalar, shikoyatlar, rad etishlar; tergov harakatini olib borish yoki sud muhokamasi jarayonidagi tartibbuzarlik hollari, shuningdek bu tartibbuzarliklarni bartaraf etish va oldini olish uchun ko'rilgan chora-tadbirlar kiritiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.