Jinoyat-protsessual kodeksi

603-modda. O'zbekiston Respublikasi hududida bo'lgan shaxsni xorijiy davlatga ushlab berishni rad etish

(603-модда биринчи қисмининг бешинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

O'zbekiston Respublikasi hududida bo'lgan shaxsni xorijiy davlatga ushlab berishga quyidagi hollarda yo'l qo'yilmaydi, agar: o'ziga nisbatan so'rov kelib tushgan shaxs O'zbekiston Respublikasining fuqarosi bo'lsa; so'rov yuborilishiga sabab bo'lgan jinoyat O'zbekiston Respublikasi hududida yoki O'zbekiston Respublikasi manfaatlariga qarshi uning hududidan tashqarida sodir etilgan bo'lsa; so'ralayotgan shaxsga nisbatan O'zbekiston Respublikasi hududida ayni o'sha qilmish uchun qonuniy kuchga kirgan hukm yoki sudning ajrimi (qarori) yoxud vakolatli mansabdor shaxsning jinoyat ishi qo'zg'atishni rad etish haqidagi yoki uni tugatish to'g'risidagi bekor qilinmagan qarori mavjud bo'lsa; so'rov yuborilishiga asos bo'lgan qilmish O'zbekiston Respublikasining qonunchiligiga ko'ra jinoyat bo'lmasa; O'zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq jinoyat ishi qo'zg'atish mumkin bo'lmasa yoki tugatilishi lozim bo'lsa yoxud muddati o'tib ketganligi tufayli yoki boshqa qonuniy asosga ko'ra hukmni ijro etish mumkin bo'lmasa; so'ralayotgan shaxsga nisbatan O'zbekiston Respublikasida ayni o'sha qilmish uchun jinoyat ishi qo'zg'atilgan bo'lsa; o'ziga nisbatan so'rov kelib tushgan shaxsga uni so'rayotgan davlatda irqi, diniy e'tiqodi, fuqaroligi, millati, muayyan ijtimoiy guruhga mansubligi yoki siyosiy e'tiqodiga ko'ra ta'qib etilishi mumkinligi sababli O'zbekiston Respublikasida boshpana berilgan bo'lsa. So'ralayotgan shaxsga nisbatan uning yo'qligida chiqarilgan hukmni ijro etish uchun O'zbekiston Respublikasi hududida bo'lgan shaxsni ushlab berish, agar hukm qilingan shaxs o'zining himoyaga bo'lgan huquqini ta'minlash uchun yetarlicha imkoniyatga ega bo'lmagan deb hisoblashga asoslar bo'lsa, rad etilishi mumkin. Agar so'rovni yuborgan xorijiy davlat hukm qilingan shaxsga uning ishtirokida takroriy sud muhokamasi o'tkazilishiga bo'lgan huquqni kafolatlasa, ushlab berish amalga oshiriladi. Agar O'zbekiston Respublikasi hududida bo'lgan shaxsni ushlab berish amalga oshirilmasa, bu haqda O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xorijiy davlatning vakolatli organini rad etish asoslarini ko'rsatgan holda yozma ravishda xabardor qiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.