O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining yoki uning o'rinbosarining O'zbekiston Respublikasi hududida bo'lgan shaxsni ushlab berish to'g'risidagi qarori ustidan so'ralayotgan shaxs qamoqda saqlanayotgan joydagi Qoraqalpog'iston Respublikasi sudiga, viloyat, Toshkent shahar sudiga mazkur shaxs yoxud uning himoyachisi tomonidan xabarnoma olingan paytdan e'tiboran o'n sutka ichida shikoyat qilinishi mumkin.
So'ralayotgan shaxs qamoqda saqlanayotgan joyning ma'muriyati shikoyatni olishi bilan uni darhol sudga yuboradi va bu haqda O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasini yozma ravishda xabardor qiladi.
O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xabarnoma olingan kundan e'tiboran uch sutkadan kechiktirmay sudga O'zbekiston Respublikasi hududida bo'lgan shaxsni ushlab berish to'g'risidagi qarorning qonuniyligi va asosliligini tasdiqlovchi materiallarni yuboradi.
O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining yoki uning o'rinbosarining O'zbekiston Respublikasi hududida bo'lgan shaxsni ushlab berish to'g'risidagi qarori ustidan berilgan shikoyatni ko'rib chiqish shikoyat sud tomonidan olingan kundan e'tiboran o'n sutka ichida uch nafar sudyadan iborat tarkibda, ochiq sud majlisida prokuror, o'ziga nisbatan ushlab berish to'g'risidagi qaror qabul qilingan shaxs va, agar ishda ishtirok etayotgan bo'lsa, uning himoyachisi ishtirokida amalga oshiriladi.
Sud majlisi boshlanishida raislik qiluvchi qaysi shikoyat ko'rib chiqilishini e'lon qiladi, hozir bo'lgan protsess ishtirokchilariga ularning huquqlari va majburiyatlarini tushuntiradi. Arizachi va (yoki) uning himoyachisi shikoyatni asoslab beradi, shundan so'ng so'z prokurorga beriladi.
Sud muhokamasi davomida sud shikoyat bergan shaxsning aybliligi masalasini muhokama qilmay, ustidan shikoyat berilgan qarorning O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi va xalqaro shartnomalariga muvofiqligini tekshirish bilan cheklanadi.
Shikoyatni ko'rib chiqish natijasida sud quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi:
shikoyatni qanoatlantirishsiz qoldirish to'g'risida;
O'zbekiston Respublikasi hududida bo'lgan shaxsni ushlab berish to'g'risidagi qarorni bekor qilish haqida.
Sudning ajrimi apellyatsiya shikoyati berish yoki protesti bildirish muddati tugashi bilan qonuniy kuchga kiradi.
Sudning ajrimi o'qib eshittirilganidan keyin darhol prokurorga, shuningdek o'ziga nisbatan ushlab berish to'g'risida qaror qabul qilingan shaxsga va, agar ishda ishtirok etgan bo'lsa, uning himoyachisiga yuboriladi.
Sudning ajrimi ustidan u chiqarilgan kundan e'tiboran yigirma sutka ichida apellyatsiya tartibida O'zbekiston Respublikasi Oliy sudiga shikoyat berilishi yoki protest bildirilishi mumkin.
Apellyatsiya shikoyati, protesti ajrimni chiqargan sud orqali berilib, sud uni materiallar bilan birgalikda uch sutka ichida O'zbekiston Respublikasi Oliy sudiga yuborishi va bu haqda O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasini yozma ravishda xabardor qilishi shart.
Apellyatsiya shikoyati, protesti kelib tushgan kundan e'tiboran o'n sutkadan kechiktirmay O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan ko'rib chiqiladi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi apellyatsiya shikoyatini, protestini ko'rib chiqib, quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi:
sud ajrimini o'zgarishsiz, apellyatsiya shikoyatini, protestini esa qanoatlantirishsiz qoldirish to'g'risida;
sudning ajrimini bekor qilish to'g'risida.
Apellyatsiya instantsiyasi sudining ajrimi u o'qib eshittirilgan paytdan e'tiboran qonuniy kuchga kiradi va darhol ijro etilishi kerak. Apellyatsiya instantsiyasi sudining ajrimi prokurorga ijroni tashkil etish uchun, o'ziga nisbatan ushlab berish to'g'risidagi qaror qabul qilingan shaxsga va, agar ishda ishtirok etgan bo'lsa, uning himoyachisiga ma'lumot uchun yuboriladi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
602-modda. O'zbekiston Respublikasi hududida bo'lgan shaxsni ushlab berish to'g'risidagi qaror ustidan shikoyat qilish
(602-модданинг олтинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.