Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan protsessual harakatlarni xorijiy davlat hududida bajarish zarur bo'lganda sud, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi mazkur harakatlar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq yoki o'zarolik printsipi asosida xorijiy davlatning vakolatli organi tomonidan bajarilishi to'g'risida so'rov kiritadi.
O'zarolik printsipi so'rov kiritilayotganda O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati yoki O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining ayrim protsessual harakatlarni bajarishda xorijiy davlatning vakolatli organiga huquqiy yordam ko'rsatish to'g'risidagi yozma majburiyati bilan tasdiqlanadi.
Protsessual harakatlarni bajarish to'g'risidagi so'rov:
umumiy yurisdiktsiya sudlari tomonidan amalga oshiriladigan jinoyat ishlarini yuritish bilan bog'liq masalalar bo'yicha — O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi orqali;
sudning qarori yoki prokurorning roziligi (sanktsiyasi) talab qilinmaydigan protsessual harakatlar bo'yicha — O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati orqali;
qolgan hollarda — O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi orqali yuboriladi.
Zarur hollarda, ushbu moddaning uchinchi qismida ko'rsatilgan organlar O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan aloqa bog'laydi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
592-modda. Protsessual harakatlarni xorijiy davlat hududida bajarish to'g'risida so'rov yuborish
(592-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 18 февралдаги ЎРҚ-522-сонли Қонуни таҳририда — Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси палаталарининг Ахборотномаси, 2019 й., 2-сон, 47-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.