Sud ajrimining kirish qismida:
1) sud ishining raqami, ajrim chiqarilgan vaqt va joy;
2) ajrim chiqargan sudning nomi, sudyaning, sud majlisi kotibining, taraflarning, tarjimonning ismi, otasining ismi va familiyasi;
3) amnistiya aktini qo'llash haqidagi masala qaysi shaxsga nisbatan qo'yilayotgan bo'lsa, o'sha shaxsning, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining ismi, otasining ismi va familiyasi, tug'ilgan yili, oyi, kuni va joyi, yashash joyi, ishlash joyi, mashg'uloti, ma'lumoti, oilaviy ahvoli va ularning shaxsi to'g'risidagi, ish uchun ahamiyatli boshqa ma'lumotlar ko'rsatiladi.
Sud ajrimining tavsif-asoslash qismida iltimosnomani qanoatlantirish yoki qanoatlantirishni rad etish uchun asos bo'lgan holatlar bayon etiladi.
Ajrimning qaror qismida sud quyidagi masalalarni hal etadi:
amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qo'zg'atishni rad qilish haqidagi yoxud jinoyat ishini tugatish to'g'risidagi;
prokurorning jinoyat ishini qo'zg'atishni rad qilish to'g'risidagi yoki jinoyat ishini tugatish haqidagi iltimosnomasini qanoatlantirishni rad etish hamda tergovga qadar o'tkazilgan tekshiruv yoki surishtiruv materiallarini yoxud jinoyat ishini umumiy qoidalar bo'yicha tegishincha tergovga qadar tekshiruv o'tkazish yoki surishtiruv yoxud dastlabki tergov ishini yuritish uchun prokurorga yuborish to'g'risidagi;
prokurorning iltimosnomasini qisman qanoatlantirish va ushbu Kodeksning 83 va 84-moddalarida belgilangan boshqa asoslar bo'yicha jinoyat ishini qo'zg'atishni rad etish yoki jinoyat ishini tugatish to'g'risidagi;
ehtiyot chorasi to'g'risidagi;
ashyoviy, yozma va raqamli dalillar to'g'risidagi;
fuqaroviy da'voni ta'minlash choralari to'g'risidagi.
Sudning ajrimiga amnistiya aktini qo'llash haqidagi masala qaysi shaxsga nisbatan qo'yilgan bo'lsa, o'sha shaxs tomonidan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, jabrlanuvchi (fuqaroviy da'vogar), ularning himoyachilari, qonuniy vakillari tomonidan xususiy shikoyat berilishi va prokuror tomonidan xususiy protest keltirilishi mumkin, bunday shikoyat va protestlar tegishincha apellyatsiya tartibida ko'rib chiqilishi lozim.
lex.uz’dagi asl matnУголовно-процессуальный кодекс
591-modda. Sudning ajrimi
(591-модда учинчи қисмининг олтинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 21 ноябрдаги ЎРҚ-1003-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.11.2024 й., 03/24/1003/0943-сон)
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Sud ajrimi — bu sudning amnistiya aktini qo'llash, jinoyat ishini qo'zg'atishni rad etish yoki tugatish, ehtiyot chorasi, dalillar va fuqaroviy da'voni ta'minlash choralari haqidagi rasmiy qaroridur. Ajrimda sud ishining barcha muhim ma'lumotlari, qaror asoslari va hal etilgan masalalar yoziladi.
**Kimga tegishli**
Bu modda jinoyat ishlarida sud ajrimlarini tuzish va qabul qilish tartibiga tegishlidir.
**Amalda**
Agar sud amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini tugatish haqida qaror qabul qilsa, u ajrimda ishning raqami, shukhsning to'liq ma'lumotlari, qaror asoslari va amnistiya aktining qaysi moddasi qo'llanilayotgani aniq ko'rsatiladi. Keyin bu ajrim taraflarni xabardor qilish uchun yuboriladi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.