Jinoyat-protsessual kodeksi

586-modda. Sud ajrimi

(586-модда тўртинчи қисмининг 3-банди Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 21 ноябрдаги ЎРҚ-1003-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.11.2024 й., 03/24/1003/0943-сон)

Sudning ajrimi quyidagi qoidalar bo'yicha tuziladi. Sud ajrimining kirish qismida: 1) sud ishining raqami, ajrim chiqarilgan vaqt va joy; 2) ajrim chiqargan sudning nomi, sudyaning, sud majlisi kotibining, taraflarning, tarjimonning ismi, otasining ismi va familiyasi; 3) gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining ismi, otasining ismi va familiyasi, tug'ilgan yili, oyi, kuni va joyi, yashash joyi, ishlash joyi, mashg'uloti, ma'lumoti va ish uchun ahamiyatga molik boshqa ma'lumotlar ko'rsatiladi. Sud ajrimining tavsif qismida yarashuv uchun asos bo'lgan holatlar bayon etiladi, ushbu Kodeksning 585-moddasida sanab o'tilgan masalalarga javoblar ifodalanadi. Ajrimning qaror qismida sud quyidagi masalalarni hal etadi: 1) jinoyat ishini taraflarning yarashganligi munosabati bilan yoki ushbu Kodeksning 83 va 84-moddalarida belgilangan boshqa asoslar bo'yicha tugatish yoxud uni umumiy qoidalar bo'yicha surishtiruv yoki dastlabki tergovni amalga oshirish uchun prokurorga yuborish to'g'risidagi; 2) ehtiyot chorasi to'g'risidagi; 3) ashyoviy, yozma va raqamli dalillar to'g'risidagi; 4) zararni qoplash to'g'risidagi. Sudning ajrimiga gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi (fuqaroviy da'vogar), ularning qonuniy vakillari, himoyachi tomonidan xususiy shikoyat berilishi hamda prokuror tomonidan xususiy protest keltirilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.