Jinoyat-protsessual kodeksi

585-modda. Sud muhokamasi

(585-модданинг еттинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 6 сентябрдаги ЎРҚ-442-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2017 й., 36-сон, 943-модда)

Yarashuv to'g'risidagi ishlar bo'yicha sud muhokamasi jinoyat ishi sudga kelgan paytdan e'tiboran o'n sutkadan kechiktirmay o'tkaziladi. Sud majlisida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi (fuqaroviy da'vogar), ularning qonuniy vakillari, himoyachilari, prokuror ishtirok etadi. Yarashuv to'g'risidagi ishlar bo'yicha sud muhokamasi jabrlanuvchining yarashuv to'g'risidagi arizasini o'qib eshittirish bilan boshlanadi. Sud gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi va jabrlanuvchining (fuqaroviy da'vogarning) sodir etilgan jinoyat holatlari to'g'risidagi so'zlarini eshitadi. Sud: yarashuvning ixtiyoriyligi va uning sabablarini; gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi o'z aybiga ixtiyoriy iqror bo'lganligini; gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi o'zi sodir etgan qilmishning oqibatlarini anglaganligini va yetkazilgan zararni bartaraf etish choralarini ko'rgan-ko'rmaganligini; jabrlanuvchiga (fuqaroviy da'vogarga) yoki gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchiga biron bir tazyiq bo'lgan-bo'lmaganligini; yetkazilgan zararning o'rnini qoplash bilan bog'liq masalalarni; gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, ularning qonuniy vakillari yarashuvga roziliklarini aniqlaydi. Shundan so'ng sud himoyachi va prokurorning fikrini eshitadi. Agar sud majlisi davomida yarashuv, aybga iqror bo'lish ixtiyoriy emasligi, zararni qoplashdan bosh tortish, shuningdek sodir etilgan qilmishda og'irroq jinoyat tarkibi belgilari mavjudligi aniqlangudek bo'lsa, sud umumiy qoidalar bo'yicha surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilishi uchun ishni prokurorga yuborish to'g'risida ajrim chiqaradi. Sud muhokamasining natijalari bo'yicha sud qonunda belgilangan tartibda ajrim chiqaradi. Sud majlisi vaqtida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga binoan bayonnoma yuritiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.